Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi bloger Abduqodir Mo‘minovga 3 yil muddatga jurnalistik (blogerlik) faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.
Abduqodir Mo‘minov ishi yuzasidan prokuror sudyadan sudlanuvchiga nisbatan uzil-kesil 11 yil ozodlikdan mahrum etish, 3 yil davomida jurnalistik faoliyatni cheklash va BHMning 400 barobari miqdorida jarima jazosini tayinlashni so‘radi.
Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.
Jurnalist Abduqodir Mo‘minovning sud ishi boshlandi. Dastlabki kunda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi. Eshituv mobaynida sudlanuvchi va uning advokati o‘z e’tiroz va fikrlarini bildirdi.
Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan ilk ochiq sud majlisida OAV vakillari ishtirok etdi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Jinoyat kodeksining firibgarlik, tovlamachilik va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyulda bo‘lib o‘tadi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Bosh prokuror matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov paytida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, «u tirik va sog‘lom». Blogerning sobiq advokati ham tergovchi bilan gaplashgani va Mo‘minovning sog‘-salomatligini tasdiqladi.
Bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV ma’lumotida uning bir shaxsdan 3800 dollar olgani, boshqa bir shaxsdan esa 70 000 dollar so‘ragani aytilmoqda. Bloger hibsga olindi.
Toshkent shahar IIBB bloger Abduqodir Mo‘minovga qilingan hujum yuzasidan «bosqinchilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, flesh-disk yozuvlarni tekshirish uchun musodara qilingan. Bloger uni ruxsatisiz olib ketishganini aytgandi.
Youtube`dagi «Koʻzgu» kanali muallifi Abduqodir Mo‘minov noma’lum shaxslar tomonidan unga hujum uyushtirilgani, mashinasining old oynasi bita bilan sindirilgani haqida xabar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting